Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tayanch” kursi o‘tkazildi. Bu maqsad uchun “Oltinkon” tog‘ o‘quv bazasi tanlab olingan bo‘lib, xalqaro standartlarga mos infratuzilmaga ega.

Bu harbiy xizmatchilarga tog‘li sharoitda jangovar harakatlarni olib borish, ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va murakkab relyefda xavfsiz harakatlanish bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini beradi.

Harbiy alpinizm, jismoniy tayyorgarlik, taktik-tibbiy tayyorgarlik, maxsus taktik tayyorgarlik, aloqa tayyorgarligi fanlarini o‘zaro bog‘likda o‘rgatish, shaxsiy tarkibni tog‘ hududlarida xavfsiz harakatlanish, tog‘ anjomlari va maxsus anjomlardan to‘g‘ri foydalanish kabilar shular jumlasidan.