Qrimni nishonga olgan dronlar: Rossiya bir juft Su-27 qiruvchilaridan ayrildi
Ukraina Xavfsizlik xizmati vaqtincha bosib olingan Qrimning Belbek aerodromiga bir necha kun ichida ikkinchi marta muvaffaqiyatli hujum uyushtirdi. Natijada Rossiya Aerokosmik kuchlarining qimmatbaho texnikalari va infratuzilmasiga jiddiy zarar yetdi.
Ma’lum bo‘lishicha, maxsus amaliyot Ukraina Xavfsizlik xizmatining “Alfa” maxsus bo‘linmasi tomonidan uzoq masofali dronlar yordamida amalga oshirilgan. E’tiborlisi, ularni parvoz davomida boshqarish imkoniyati bo‘lgan.

Hujum 20-dekabrga o‘tar kechasi uyushtirilgan. Natijada Rossiyaning ikkita Su-27 qiruvchisi safdan chiqarilgan. Samolyotlardan biri to‘liq jangovar holatda bo‘lib, o‘q-dorilar bilan jihozlangan holda uchish yo‘lagida parvoz uchun ruxsat kutib turgan. Ukrainaliklar, bundan tashqari, aerodromning nazorat-dispetcherlik minorasini ham nishonga olgan. Mutaxassislarning fikricha, bu parvozlarni boshqarish va muvofiqlashtirishni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.
Tahlilchilar yo‘q qilingan ikkala samolyotning umumiy qiymatini taxminan 70 million dollarga baholamoqda. Avvalroq, 18-dekabrga o‘tar kechasi yana bir hujum sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Ukraina dronlari (ehtimol FP-2 modeli) yuzlab million dollarlik texnikalarni yo‘q qilgandi. Ikkita Nebo-SVU radar tizimlari, S-400 tizimining 92N6 radar stansiyasi va Pantsir-S2 tizimi va MiG-31 samolyoti shular jumlasidan.
Belbek aviabazasi Rossiyaning Qrimdagi eng muhim harbiy obyektlaridan biri bo‘lib, u yerda 38-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan. Rossiya tomoni 2024-yildan boshlab ushbu bazani himoya qilish uchun maxsus boshpanalar va kamuflyaj usullaridan foydalana boshlagan. Biroq ukrainaliklarning ketma-ket muvaffaqiyatli zarbalari bu sa’y-harakatlar samaradorligini shubha ostiga qo‘ymoqda.
Belbek aviabazasi Rossiyaning Qrimdagi eng muhim harbiy obyektlaridan biri bo‘lib, u yerda 38-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan. Rossiya tomoni 2024-yildan boshlab ushbu bazani himoya qilish uchun maxsus boshpanalar va kamuflyaj usullaridan foydalana boshlagan. Biroq ukrainaliklarning ketma-ket muvaffaqiyatli zarbalari bu sa’y-harakatlar samaradorligini shubha ostiga qo‘ymoqda.
“Xavfsizlik xizmatining muhim harbiy aerodromlarga zarbalari va dushman aviatsiyasining yo‘q qilinishi ularning mintaqadagi harbiy salohiyatni sezilarli darajada pasaytiradi. Bu kabi amaliyotlar davom etadi”, deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati bayonotida.
Mazkur ikki amaliyot AQSH vositachiligidagi tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan, biroq birorta ham amaliy natijada erishilmagan bir vaqtda sodir bo‘ldi.